“Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida ilmiy ma’ruzalar tanlovining respublika bosqichi

03.05.2016, 10:44 Institut yangiliklari, Yangiliklar 392

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda respublikada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga talabalarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va iste’dodidan unumli foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda qo‘llab-quvvatlash, ularda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida, 2016 yil 2 may kuni Toshkent moliya institutida “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida ilmiy ma’ruzalar tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi. Hududiy bosqichda 2-o‘rinni egallagan institut 1-kurs magistranti Xaydarova Gulyora Zokirjon qizi (Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot yo‘nalishi) respublika bosqichida ishtirok etdi hamda Sertifikat bilan taqdirlandi.

34     43