Institutda “Jasorat” madaniy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

14.02.2018, 13:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 393

     

Institutda 2018-yil 13-fevral kuni O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi hamkorligida “Jasorat” madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.U.Aliyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilayotgan tadbirning asosiy maqsad va vazifalari xususida to‘xtalib o‘tildi. Shundan so‘ng tadbir mehmonlari tanishtirilib o‘tildi. Tadbirda “Vatanparvar fidoiylar” tashkiloti direktori Tulyamov Jurat Zafarovich, iste’fodagi chegara qo‘shinlari polkovnigi Soliyev Murod Kadirovich, “Vatanparvar” tashkiloti faxriysi, polkovnik Solixov Rixsiboy Tursunboyevich, Afg‘on urushi jangchisi Raxmatullayev Bekmurod Ibragimovich, institut professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.  Tadbir qatnashchilari tinchlikning qadriga yetish, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish xususida to‘xtalib o‘tildi. Shu o‘rinda yurtimga ko‘z tegmasin, yomon nigohlardan asrasin degim keldi. Har zamonda yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik yonma-yon bo‘lgan. Ammo tarix sahnasida hamisha yaxshilik umidi bilan harakat qilgan, ko‘ngillarida va amaliy ishlarida faqat ezgulik nashidasi bo‘lgan insonlargina g‘olib bo‘lgan va yaxshilik yomonlik ustidan g‘olib bo‘lgan. Inson hamisha ezgulik yo‘lidan borsagina ko‘zlagan maqsadida albatta etishi haqida buvilarimiz, bobolarimiz o‘gitlarida ko‘p bora eshitganmiz. Shu ma’noda  anglashimiz mumkinki, inson hamisha ezgu g‘oyalar ruhida yashashi va atrofdagilarga ham ulashishi lozimligi haqida gapirib o‘tdilar. Tadbir davomida vatanpravarlik mavzusida videofilm namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir jarayonida vatanparvarlik mavzularida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi va talabalar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularining shakllanishiga erishildi.