“Institut professor-o‘qituvchilari oldida turgan dolzarb masalalar” mavzusida o‘quv uslubiy seminar.

05.01.2018, 10:27 Institut yangiliklari, Yangiliklar 944

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi talaba-o‘quvchilarining har yilgi qishki ta’tili to‘g‘risida”gi PF-517-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi (18.12.2017-yil 14-9-3) majlis bayoniga muvofiq, talaba-yoshlar qishki ta’tilini samarali tashkil etish, yangi yil bayrami arafasida institutda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, o‘quv binolari va talabalar turar joyida favqulodda holatlar hamda yong‘in xavfsizligini oldini olishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 19-dekabrdagi 923-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2017-yil 23-dekabrda 814-sonli buyruq ishlab chiqildi va imzolandi. Mazkur buyruqda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida. Qishki ta’til vaqtida institut professor-o‘qituvchilarining faoliyati, o‘quv jarayonining uslubiy ta’minotini yaxshilash, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini samarali tashkillashtirish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etish maqsadida hamda institutning me’yoriy hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Mazkur dasturga muvofiq 2018-yil 4-yanvar kuni soat: 09-30 da faollar zalida “Institut professor-o‘qituvchilari oldida turgan dolzarb masalalar” mavzusida o‘quv uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori professor X.K.Djalilov kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilayotgan o‘quv uslubiy seminarning mazmun-mohiyati xususida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari tomonidan Hukumat qarorlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

     

     

Shundan so‘ng, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.U.Aliyev “O‘quv jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”, DVST kafedrasi mudiri, professor V.R.Xaydarov “Pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va ilmiy unvonlar berish tartibidagi yangiliklar va ulardan foydalanish imkoniyatlari” hamda  ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.S.Salimsakova “O‘rta Osiyo mutafakkirlari ilmiy merosini o‘rganishda o‘zgacha yondashuv” mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Tadbirda jami 145 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.