ENG FAOL KITOBXON  

14.12.2017, 15:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3249

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturlar to‘g‘risida”gi  PQ-3271-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi”ning 21-bandi (INFOLB UZBEKISTAN Milliy axborot-kutubxona haftaligini tashkil etish va o‘tkazish) ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan eng faol kitobxonlar aniqlandi. Kitobxonlar abonomentlar tahlil qilinganda eng faol deb Metrologiya yo‘nalishi 1 kurs 1/1gruh talabasi Jalolov Abror Axror  o‘g‘li joriy yilning sentyabr, oktyabr, noyabr oylarida 7 ta badiiy adabiyot o‘qiganligi aniqladi va eng faol talaba deb topildi. Sanoat farmatsiya yo‘nalishi 1 kurs 4/2 guruh talabasi Ochilova Sevara Sherali qizi, Sanoat farmatsiya yo‘nalishi 1 kurs 6/2 guruh talabasi Xayitbayeva Zebo O‘rinboy qizi ham 5ta badiiy adabiyot o‘qiganliklari ma’lum bo‘ldi.  Mazkur faol kitobxonlar 2017-yilning 13-dekabr kuni institut fakultetlarning kurs majlisida taqdirlandi va ularga faxriy yorliq taqdim etildi. Ularning rasmlari esa e’lonlar doskasiga joylashtirildi

.

ARM tizimlashtirish bo‘limi kutubxonachisi  X.G‘.Raxmatullaev tomonidan 100 dan ziyod elektron badiiy adabiyotlar ro‘yxati e’lonlar  doskasidan joy oldi.

ARM rahbari F.N.Xolmurodova

Pharmi.uz Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish