“Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida ma’naiy-ma’rifiy kecha

02.05.2016, 12:58 E'lonlar 724

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jumladan, erta nikohning salbiy oqibatlari, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarning oldini olish hamda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent farmatsevtika institutida 2016 yil 3 may kuni soat 15-00 da faollar zalida “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida ma’naiy-ma’rifiy kecha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, institut professor-o‘qituvchilarini, murabbiylarni, xodimlar va talaba-yoshlarni mazkur tadbirga taklif etamiz.