“e-yoshlar” Internet tanlovi o`tkazilmoqda!

05.03.2016, 07:15 E'lonlar 354

e-yoshlar

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 1 fevraldagi 87-03-213 sonli modemnomasiga asosan yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo`lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan “e-yoshlar.uz” internet tanlovini o`tkazish belgilangan.

Ushbu tanlovni talabalar o’rtasida tashkil etish va o’tkazish to’g’risida institut rektori tomonidan 2016 yil 4 martda “Institut talabalari o’rtasida “е-yoshlar.uz” internet tanlovini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi 103-sonli buyrug’i chiqarildi.

Ushbu tanlovda o`zingizni sinab ko`ring va turli nominatsiyalar bo`yicha yutuqlarga ega bo`ling.

Tanlovni o`tkazish tartibi va shartlari bilan www.e-yoshlar.uz portali orqali tanishishingiz mumkin.

Shoshiling, bu sizning imkoniyatingiz!