DVST kafedrasida “ Suyuq dori shakllarini sifat ko’rsatkichlari va ularga qo’yiladigan talablar” mavzusi bo’yicha ochiq dars bo’lib o’tdi.

04.04.2018, 16:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 411

DVST kafedrasi assistenti Abdullayeva Rano Abdumuminovna  tomonidan 2018-yil 4-aprel kuni 105-auditoriyada Tayyor dori turlari texnologiyasi fanidan “ Suyuq dori shakllarini sifat ko’rsatkichlari va ularga qo’yiladigan talablar” mavzusi yuzasidan ochiq seminar mashg’uloti tashkil etildi. Mashg’ulot davomida innovatsion pedagogik texnologiyalardan “Ajurli arra”, “Aqliy hujum”  texnologiyalari qo’llanildi. Suyuq dori shakllaridan nastoykalar, ekstraktlar va inyeksion dori turlarining sifat ko’rsatkichlari  va standartlash usullari to’liq tahlil qilindi. Bo’lib o’tgan ochiq mashg’ulotda kafedra dotsenti Tajiyeva A.D, Sharipova S.T, assistent Karayeva N.Y hamda DVSIM sinov markazi rahbari Hamdamov M.M. qatnashib, dori vositalarining zamonaviy tahlil usullari haqidagi mavzuga oid malumotlar talabalar e’tiboriga havola etildi.