«Dorishunos – farmatsevtlarning sodiq vorislarimiz»

20.03.2015, 13:16 Institut yangiliklari 328

2015-yil 16-mart kuni institut faollar zalida “Keksalarni e’zozlash” yili munosabati bilan “Dorishunos – farmatsevtlarning sodiq vorislarimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda institut rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar, faxriylar, nuroniylar (6 nafar) va talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Tadbir jarayonida farmatsevtika ilmiga hissa qo‘shgan farmatsevt olimlar, ular qoldirgan ilmiy merosi xususida ma’lumotlar berildi hamda videolavhalar namoyish etildi.

Shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, sahnaviy ko‘rinishlar va keksalarni e’zozlash o‘zbek xalqining o‘ziga xos fazilatini ko‘rsatib beruvchi ma’lumotlar taqdim qilindi. Tadbirda ishtirok etgan faxriylarga qimmatbaho sovg‘alar (6 nafar) taqdim etildi.