Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi professor-o‘qituvchilari Zangiota majmuasiga ziyoratga tashrif buyurdilar.

29.01.2020, 14:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 447

Alloh nazari tushgan O‘zbekistonimizning har qarichi avliyolar qadamidan obod bo‘lgan, desak, mubolag‘a emas. Qo‘li mehnatda, dili Allohda bo‘lgan mo‘tabar ajdodlarimiz keyingi avlodga beqiyos ma’naviy meros qoldirganligi tufayli tabarruk tuprog‘imiz fayzu barakadan hamisha munavvardir. Nafaqat yurtimiz, balki butun Markaziy Osiyodagi pok niyatli ziyoratchilarni o‘ziga tortib kelayotgan Zangi ota majmuasi ona-zaminimizdagi noyob tarixiy me’moriy, madaniy-ma’rifiy qadamjolardandir. Bu dargohga bevosita tashrif buyurish, u yerdagi obida-yu yodgorliklarning asl mohiyatini dildan his qilish chin ma’noda o‘zlikni anglashga imkon beradi. Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi professor-o‘qituvchilar Toshkent viloyatida joylashgan Zangiota ziyoratgohiga tashrif buyurishdi. Qur’on tilovat qilinib, duolar o’qishdi. Bu tashrif davomida har bir inson o’z vijdoni oldida sar-hisob berish imkonini tug’dirdi. Tabiiyki, bunday farahbaxshlikdan ko‘ngillarda ezgu tuyg‘ular chechak yozilib, “Inson bu foniy dunyoda yaxshi amallar, savobli ishlar bilangina mangu qolishi mumkin”, degan xulosaga kelindi.

                                               

Dori vositalarini standartlashtirish va

sifat menejmenti kafedrasi