“Dori-darmon” AK stipendiyasi sohibi Fazliyev Sunnatullo Aloyiddinovich

02.01.2016, 12:16 Без рубрики 389

Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti, 2-kurs 6/1‑guruh talabasi Fazliyev Sunnatullo 1-kursdan buyon Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasida kimyo fanlari doktori, fan arbobi, professor S.N. Aminov rahbarligida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Hozirda uning ilmiy izlanishlari natijasida 10 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. 2015-2016 o‘quv yilida “Dori-darmon” AK stipendiyasi sohibi bo‘ldi. U “Kamolot” YIHning faol a’zosi. 2015-2016 yillarda oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida bo`lib o`tgan «Tafakkur sinovlari» ko`rik-tanlovining saralash bosqichida Toshkent farmatsevtika institutining “Ishonch” jamoasida faol qatnashib, faxrli II va III o`rinlar sohibi bo`lgan. 2016-yil aprel oyida institutda o’tkazilgan “Kecha kim edig-u, bugun kim bo’ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mavzusidagi maqolalar tanlovida I o’rinni egallab, I darajali diplom, “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostidagi ilmiy ma’ruzalar tanlovida ishtirok etib, Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

2014-yil yakunida “O`zbekiston belgisi” ko`krak nishoni sohibi bo’lgan.

“Kecha kim edigu, bugun kim bo’ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?”

 

1417690181_dsc_1920 (1)     C360_2015-10-14-13-39-23-064

20140903_134132     1417689647_dsc_1608