“Dori-darmon” AK stipendiyasi sohibi Boboyev Zufar Durmamat o`g`li

14.01.2016, 12:05 Без рубрики 360

 

Farmatsiya fakulteti, farmatsiya (SSS) yo`nalishi 4-bosqich 9/1‑guruh talabasi. Boboyev Zufar 1-bosqichdan buyon Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasida kimyo fanlari doktori, fan arbobi, professor S.N. Aminov rahbarligida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Hozirda uning ilmiy izlanishlari natijasida 20 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. Boboyev Zufar Durmamat o`g`li 2013-2015-o`quv yillarida kimyo fanidan o`tkazilgan talabalar Rеspublika fan olimpiadasining I (Institut) bosqichida ishtirok etib, 1‑o`rinni qo`lga kiritgan.

2013-2014 o`quv yilida Qarshi Davlat univеrsitеtida bo`lib o`tgan talabalarning Rеspublika fan olimpiadasida faol ishtirok etib, “Faxriy yorliq” bilan taqdirlangan.

2014-2015-o`quv yilida kimyo fanidan o`tkazilgan talabalar Rеspublika fan olimpiadasining II (Rеspublika) bosqichida ishtirok etib, 1-o`rinni qo`lga kiritgan.

Respublikada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga talabalarni keng jalb etish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 18 martdagi 118-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, institutda 2016 yil 9 aprel kuni talabalar o‘rtasida “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida o‘tkazilgan ilmiy ma’ruzalar tanlovida ishtirok etib, Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

IMAG5986     IMG_4898

IMG_4977     IMG_4984