Doktorantlar maktabi

Mullajonova Manzura Toxirovna

Ilmiy darajasi va unvoni:

Farmasevtika fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi:

Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Tel.:

(0 371) 256-39-54

Veb-sayt:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 26 iyundagi 572-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent farmatsevtika institutida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim faoliyatini samaradorligini oshirish, doktorlik dissertatsiyalari o‘z vaqtida himoya qilinishini va himoya ko‘rsatkichlarini oshirilishini ta’minlash maqsadida “Doktorantlar maktabi” tashkil qilingan. Mazkur maktab faoliyati “Doktorantlar maktabi to‘g‘risida nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.

“Doktorantlar maktabi”ning maqsadi:

  • doktorlik dissertatsiyalari o‘z vaqtida himoya qilinishi va himoya ko‘rsatkichlarini oshirilishini ta’minlash uchun falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va amalga oshirishda doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarga uslubiy va texnikaviy yordam ko‘rsatish hisoblanadi.

“Doktorantlar maktabi”ning vazifalari:

  • doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarni ilmiy-tadqiqot jarayonlarini amalga oshirish uslubiyoti to‘g‘risida ma’lumotlar bilan ta’minlash;
  • ilmiy-tadqiqotlarning nazariy-uslubiy dasturlarini ishlab chiqishga yordam ko‘rsatish;
  • ilmiy-tadqiqot sohasidagi normativ hujjatlar bilan tanishtirish;
  • doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ehtiyojini muntazam o‘rganish va xorijiy tillar bo‘yicha kurslarni tashkil etish;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va rasmiylashtirish tartiblarini o‘rgatish va ularni amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy konferensiyalarda ishtirok etishini rejalashtirish va tashkillashtirish;
  • doktorantlar va mustqil izlanuvchilarga xalqaro nufuzli nashrlarda ularning ilmiy-tadqiqot natijalarini chop etilishiga markazlashgan holda amalga oshirishga yordam ko‘rsatish;
  • ilmiy-tadqiqot natijalari (dissertatsiya, monografiya, ilmiy ma’ruzalar va h.k)ni rasmiylashtirishga uslubiy yordam ko‘rsatish;
  • doktorantlarni ish joy, kompyuter, internetga bog‘lanish, kerakli orgtexnikalar va zaruriy materiallar bilan ta’minlash;
  • xalqaro ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar bazalari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan seminarlarni tashkil etish;.
  • O‘zbekiston Respublikasi OAK normativ hujjatlariga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini rasmiylashtirish bo‘yicha maslahatlar berish;
  • doktorantlar maktabi sayti va elektron pochtalari yaratish orqali doktorantlar, ilmiy rahbar va maslahatchilar o‘rtasida axborotlarning elektron almashinishini tashkil etish;
  • tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini baholash, yillik reja bajarilishini monitoring qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda mavjud muammolarni aniqlash va ularni yechimini topish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazish.

“Doktorantlar maktabi” faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar:

O’zbekiston Respublikasi Oliy o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 iyundagi “Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid nizomlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 572-sonli buyrug’i

Doktorantlar maktabi to’g’risida NIZOM

Toshkent farmatsevtika instituti rektorining 565-sonli buyrug’i

27.08.2019, 16:09 478