“Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid”

17.12.2017, 14:46 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1174

     

     

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining topshirig‘iga binoan, talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar orasida ijtimoiy-ma’naviy-muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda profilaktik tadbirlar samaradaorligini oshirish maqsadida 2017-yilning 22-noyabridan 22-dekabriga qadar barcha oliy ta’lim muassasalari fakultetlarida manfaatdor idoralar bilan kelishuv asosida yoshlar o‘rtasida mafkuraviy immunitetni oshirish oyligi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yuqoridagilarni inobatga olib, institutda tahsil olayotgan  talaba-yoshlarni vatanga bo‘lgan sadoqatini oshirish hamda mafkuraviy immunitetni kuchaytirishni ta’minlash  hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil   22-noyabrdagi 25-XFU (XFU-50) – sonli  xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-yil 15-dekabr kuni sanoat farmatsiyasi fakulteti talablari uchun “Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent Islom universiteti islomshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi To‘xtiyev Shuxrat Rustamovich, Toshkent Islom universiteti 1-kurs magistranti Salomov Begzod Abdukamol o‘g‘li o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Hozirgi davrda diniy ekstremistik oqimlar aholining  ayrim qatlamlari, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbiga ta’sir qilib, diniy ekstremizm, vayronkorlik, buzg‘unchilik, axloqsizlik g‘oyalarini zimdan amalga targ‘ib-tashviq etib singdirib borilmoqda. Birinchi Prezidentimiz  ta’kidlaganlaridek, islom dini bu ota – bobolarimiz dini, u biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifatdir. Shu bois keyingi davrda musulmonlarning e’tiqodi va diniy hissiyotlaridan ustakorlik bilan foydalanib, diniy ekstremistlar va terrorchilar tomonidan islom bayrog‘i ostida amalga oshirilayotgan jinoyatlar ularning haqiqiy qiyofasini namoyon etmoqda, dedi Tadbir davomida “Qiyomatga qolgan qarz” nomli film namoyish etildi. Tadbirda  12 nafar professor-o‘qituvchilar hamda 220 nafar talablar ishtirok etdi.