“Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari”dan himoyalashdagi dolzarb vazifalar nimada?

17.02.2017, 10:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 345

2017 yil 14 fevral kuni soat 11-00 da professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, uning yoshlar kelajagiga tahdidi hamda salbiy oqibatlarini tushuntirish maqsadida, faollar zalida “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbir jarayonida talabalar o‘rtasida turli yot g‘oyalarning oldini olish, ularni diniy ekstremizm va terrorizmning asl maqsadi hamda globallashuv davrida milliy g‘oyaning yoshlar ruhiyatida aks ettirish xususida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.Tadbir OO‘MTV bilan hamkorlikda o‘tkazilib unla quyidagi mutaxassislar ishtirok etishdi: OO‘MTV ma’naviy axloqiy tarbiya boshqarmasi bosh mutaxassisi N.R.Raxmonov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mita boshlig‘i Z.S.Sultonov, Rus proslav cherkovi o‘qituvchisi O.S.Shkvardnyuk, Toshkent islom univesiteti Islomshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi H.Yo.Sagdievlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Tadbir davomida “Qiyomatga qolgan qarz” nomli film namoyish etildi .Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

     

Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev kirish so‘zi bilan ochib, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi ma’rifat ilmi bilan qarshi kurashish kerakligini tushuntirishdan iborat ekanligini ta’kidladi. Birinchi Prezidentimiz  ta’kidlaganlaridek, islom dini bu ota – bobolarimiz dini, u biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifatdir. Shu bois keyingi davrda musulmonlarning e’tiqodi va diniy hissiyotlaridan ustakorlik bilan foydalanib, diniy ekstremistlar va terrorchilar tomonidan islom bayrog‘i ostida amalga oshirilayotgan jinoyatlar ularning haqiqiy qiyofasini namoyon etmoqda, dedi. Tadbir davomida “Qiyomatga qolgan qarz” nomli film namoyish etildi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar.

Talabalar tomonidan tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirilib, buyuk kelajakni qurish yo‘lida oliy maqsadlar sari og‘ishmay mehnat qilishlari haqida gapirdilar.