«Diniy ekstremistik va terroristik oqimlarga qarshi kurashda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishning dolzarb masalalari»

07.03.2015, 12:56 Institut yangiliklari 399

2015yil 6mart kuni soat 11-00 da faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, Toshkent farmatsevtika instituti ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Ustoz-murabbiy” kengashi hamkorligida talabalar o‘rtasida “Diniy ekstremistik va terroristik oqimlarga qarshi kurashda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishning dolzarb masalalari” va “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish choralari va internet saytlarining ma’naviy tahdidi”  mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari boshqarmasi boshlig‘i M.Komilov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi B.I.Daminov, institut ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori O.I.Xudoyberdiyev, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.Tadbirda ishtirok etgan soha mutaxassislari o‘z ma’ruzalarida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining ekspertiza bo‘limi tomonidan tadqiq etilayotgan materiallarda xalqaro miqyosida diniy ekstremistik va terroristik tashkilot deb tan olingan “Iroq va Shom Islom davlati” (ISHID)  va boshqa shu kabi jangari guruhlarning diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan videoroliklar, jangarilar tomonidan begunoh insonlarning vahshiylarcha qatl etilishi aks etgan videolavhalar, sur’atlar, shuningdek boshqa turli diniy mazmundagi yozma materiallarni tarqatish holatlari soni ortib borayotganligi xususida ham targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi.