Buxgalteriya haqida

Ma’lumki, yurtimiz mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng har bir jabhada yangilanish, taraqqiyotning yuksala borishida hamda atrofimizdagi bo‘layotgan bu kabi o‘zgarishlar zamirida albatta iqtisodiy, moliyaviy jixatlarning sezilarli darajada o‘rni bor albatta. Institutda olib borilayotgan amaliy ishlar zamirida ham hisob-kitob bo‘limining o‘rni beqiyosdir.

Dastlab hisob-kitob va rejalashtirish bo‘limi 1937 yil 16 iyulda, ya’ni, Toshkent farmasevtika instituti tashkil etilgan kunda tashkil etilgan.

Mazkur bo‘limga Bibishev Abdulla Fozilovich raxbar etib tayinlandi. Bo‘lim tashkil etilgan va tajribali mutaxassislar, iqtidorli yoshlar jalb etilgan edi.

Abdulla Fozilovich Bibishev 1970 yilga qadar hisob-kitob va rejalashtirish bo‘limini boshqarib keldi. O‘tgan davr mobaynida bo‘lim institut hayoti bilan chambarchas bog‘langan holda faoliyat ko‘rsatdi.

1970—1989 yillarda bo‘limni Chembirlidi Valentina Vasilevna boshqardi.

1990 yilda hisob-kitob va rejalashtirish bo‘lmiga raxbar etib Asqarov Raxmat Usmanovich tayinlandi. R.U.Asqarov 1995 yilga kadar bo‘limni boshqarib keldi.

1999—2014 yillarda hisob-kitob va rejalashtirish bo‘limni Mamadieva Ra’no Nigmatovna boshqarib  keldi.

2015 yildan hozirgi kunga qadar hisob-kitob va rejalashtirish bo‘limini Axmedov Dilmurod Pardaxanovich boshqarib kelmoqda.

O‘tgan davr mobaynida institut o‘quv jarayoni va ilmiy faoliyatini rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini mustakkamlash, tegishli o‘quv-uslubiy hamda ilmiy-texnik vosita, zamonaviy texnologiya va jixozlar bilan ta’minlashda hisob-kitob va rejalashtirish bo‘limining o‘rni beqiyosdir.

So‘nggi yillarda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni chop etishga yaqindan yordam berish, turli moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, iqtidorli hamda kam ta’minlangan talaba-yoshlarni, professor-o‘qituvchilarni ratbatlantirish kabi vazifalar bo‘lim tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.

Hisob-kitob va rejalashtirish bo‘limi Toshkent farmasevtika institut hayotda muhim o‘rin egallab, uning ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Bog’lanish: (+998 71) 256-34-59; (+998 71) 256-15-17:

28.03.2019, 09:05 1361