Bobur ijodida vatanparvarlik tuyg‘ularining tarannum etilishi

20.02.2016, 10:10 Institut yangiliklari, Yangiliklar 473

Ulug‘ mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligini aholi, ayniqsa talaba-yoshlar ishtirokida yuksak darajada nishonlash hamda ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy va ijodiy me’rosini har tomonlama o‘rganish va keng targ‘ib etishga bag‘ishlab, 2016 yil 12 fevral kuni faollar zalida institut talabalari o‘rtasida “Nazm va navo”, “Bobur ijodida vatanparvarlik tuyg‘ularining tarannum etilishi” kabi mavzularda adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbir institut “Xotin-qizlar” qo‘mitasi, Tillar kafedrasi hamda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda institut qoshida tashkil etilgan teatr-studiyasi a’zolari va iqtidorli talabalar keng jalb etildi va ular tomonidan Z.M.Bobur qalamiga mansub g‘azallar, ruboiylar o‘qildi. SHuningdek, adibning hayoti va ijodi to‘g‘risida tayyorlangan ma’ruzalar talabalarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, O‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat instituti talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada fayz bag‘ishladi. Tadbirda jami 150 nafar talabalar jalb etildi.

 

Bobur-b-kecha1