Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

Magistratura bo’limi boshlig'i

Umarova Firuza Alisherovna

(8 71) 256-37-38

fira-umarova@yandex.ru

Dushanba-Juma (09:00-16:00)

Fan nomzodi (Phd), dotsent

Magistratura bo’limi

Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori hamda 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PQ-3151-son qarorlari asosida takomillashtirmoqda. Ularga asosan malaka talablari va o‘quv rejadagi fanlar tarkibi qaytadan ko‘rib chiqildi.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 190-son Qarorining tasdiqlanishi Kadrlar tayyorlash milliy dasturidagi belgilangan vazifalarni samarali bajarilishiga qo‘yilgan qadam bo‘lib, Toshkent farmatsevtika institutida 2008-yil yanvar oyidan Magistratura bo‘limi tashkil etildi va unga rahbar etib f.f.n., dori turlari texnologiyasi kafedrasi dotsenti Nazirova Yayra Qosimovna tayinlandi. 2012-2018 yillar oralig’ida esa bo‘limga DTT kafedrasining dotsenti, farm.f.d. Sh.F.Iskandarova rahbarlik qildi. 2019 yil  8 fevraldan DVST kafedrasining dotsenti, farm.f.n. N.E.Mamatmusaeva rahbarlik qilmoqda.

Bo‘lim o‘z faoliyatini quyidagi hujjatlarga asoslangan holda olib boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF – 4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini  yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qaroriga asosan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risidagi nizom” ; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug’iga asosan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi  nizom”;

O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2017-yilda tasdiqlangan mutaxassisliklar bo‘yicha DTSlari, 2017-yilda tasdiqlangan malakaviy talablar  va o‘quv rejalari;

Toshkent farmatsevtika instituti  rektori tomonidan har bir o‘quv yili uchun tasdiqlangan Ishchi o‘quv rejalari.

Bo‘lim faoliyatini tashkillashtirish quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi

magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat ta’lim standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, xodimlar buyurtmachilari talab va takliflari asosida ularni muntazam takomillashtirib borish;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilish;

magistratura faoliyatini boshqarish, ta’lim jarayonlarini tashkil etishning shakl va mexanizmlarini modernizatsiya qilish;

magistratura mutaxassisliklarini zaruriy darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlashni nazorat qilish, bu ishga yetuk olimlar, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ilmiy sohani rivojlantirish kabi ishlarni tashkillashtirish;

magistratura talabalari tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik  ishlani amalga oshirilishini nazorat qilish;

institutning kafedralarida magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

magistratura talabalarini o‘zlashtirish, bitiruvchilarning ishga joylashish monitoringini olib borish, magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash va rasmiylashtirish  ishlarini muntazam ravishda tahlil qilish va ular yuzasidan hisobotlar tayyorlash;

magistraturada dars berayotgan pedagog kadrlarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlari uchun maqsadga yo‘naltirilgan sharoitlarni yaratish va ularni ijtimoiy-kasbiy va shaxsiy faolligini oshirish, ularni rag‘batlantirish mexanizimlarini ishlab chiqish;

magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha axborot ta’minoti tizimlarini shakllantirish va rivojlantirish;

Respublikadagi va ilg‘or xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-ta’limiy loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarida ishtirok etish;

mavjud holatini tizimli ravishda tahlil qilish, aniqlash, muammoli holatlarni aniqlash, magistraturani rivojlantirish tendensiyalari bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash;

magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talab va takliflarni o‘rganishini tashkil etish, ta’lim xizmatlari va kasbiy mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash hamda magistrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish;

byudjet asosida ta’lim olgan magistratura talabalarini ishga taqsimlash borasida mehnat bozoridagi ish o‘rinlari to‘g‘risida axborot bankini yaratish, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

magistrlar tayyorlash jarayoni ishtirokchi-hamkorlari qiziqishlari aks etgan taklif va ko‘rsatmalarni ishlab chiqish, shuningdek, Magistratura mutaxassisliklariga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar, tashabbuslar tuzish amalga oshirildi.

Toshkent farmatsevtika institutida  talabalar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olishadi

farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;

farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;

dorilarning sanoat texnologiyasi;

immunobiologik va mikrobiologik preparatlar texnologiyasi.

2012-yildan bitiruvchi magistratura talabalarining  dissertatsiyalari ingliz tilida himoya qilishlari joriy etildi.

Diqqatga sazovor yutuqlardan yana biri institutning magistratura ta’lim tizimi bo‘yicha xalqaro integratsiya bo‘yicha samarali faoliyat yuritayotganligidir. Institutning bir nechta yaqin va uzoq xorijiy davlatlari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Bular jumlasiga Ukraina, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Qozog’iston va boshqalarni kiritish mumkin.

Hozirgi kunda 2 nafar magistratura bitiruvchilari Janubiy Koreyaning Chungbuk Milliy universitetida PhD ilmiy darajasini olish uchun ta’lim olishmoqda. 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi loyihasiga tegishli takliflarni tayyorlash maqsadida magistratura talabalari qatoridan 3 nafari chet el oliy ta’lim muassasalarida PhD ilmiy darajasini olish uchun o‘qishga jo‘natilishi tavsiya qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-sentyabrdagi 190-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosi yuzasidan magistratura mutaxassisliklari talabalari va ularni tayyorlash bilan band bo‘lgan pedagog kadrlarning malaka darajasini baholashga oid test sinovlari Davlat test markazi tomonidan 2015-yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Ushbu sinovlarda bizning institutimiz doimo eng yuqori kursatkichlarga erishib kelganligi quvonarli. Masalan, 2015-yilda olingan ma’lumotlarga ko‘ra Toshfarmi 1 –o‘rinda bo‘lgan, 2016-yilning noyabr oyida o‘tkazilgan sinovlar natijasida  mutaxassislik fanidan institut talabalarining ko‘rsatkichi 100% ni tashkil qildi. Shuningdek, Davlat test markazi tomonidan yuborilgan 2015 va 2016 o‘quv yillaridagi solishtirma jadval asosida barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi oshgani ma’lum bo‘ldi.

Institutda bajarilgan Magistrlik dissertatsiyalari bo‘yicha ilmiy maqola va tezislar chop etildi. Magistratura talabalari o‘z ilmiy tadqiqotlari natijalari bilan institutda va tegishli OTM va ITI lar tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etmoqda.

16 Apr, 2024 1234