Bizdan so‘ragan edingiz

green tea with jasmine in cup and teapot on wooden table on green background      1380317377-chay-ch1--25      rabstol_net_tea_33

Choy haqida nimalarni bilamiz?

Choy ko‘pgina xalqlarning milliy ichimligi hisoblanadi. Qadimiy Xitoyda qamariy oyida yangi yil arafasi kuni o‘tgan ajdodlarning rasmlarini xonadondagi oilaviy mexrob yoniga osib, bular oldiga har kuni 5 xil ovqat va 5 piyola choy qo‘yilgan. Chiensziyanda sanamlarga atab ko‘pincha 3 piyola choy, buning yonidagi qurbonlik kursiga esa yangi choy barglari qo‘yilgan. Xitoy janubida qamariy barchaga Yangi yilning 1- va 5- kuni choy ichish, 1 piyola choy bilan bir juft zaytun mevasini sovg‘a qilish odat bo‘lgan.

Bay Xoa (oq kiprikchalar) degan Xitoycha so‘z oliy nav choylarning umumiy nomiga aylangan. Taxtalanmagan sochiluvchi choylar «bayxovo‘y» deb ataladi.
Choy  haqidagi ma’lumotlar  er. avvalgi  2700-yilga doir Xitoy qo‘lyozmalarida mavjud. 770 yilga doir manbalarda choy rizq ro‘z ne’matlari jumlasiga kiradigan masalliqdir, degan hujjatli dalil uchraydi. Eramizdan avvalgi IV-III asrlarda choy ichish odati shu davlat  (xozirgi Sichuan viloyati) aholisi o‘rtasida keng tarqalgan. Xan sulolasi (er. avvalgi II-I asr)da choy tijorat moli tariqasida maydonga chiqqan. VII-X asrlarda Tan imperiyasi davrida Shimoliy-G‘arbiy va Tibetga tarqalgan.

231-263 yillarga oid tarixiy ma’lumotlarda roxib Szyaan Xindistondan Sichuanga 7 tup choy ko‘chati olib kelgan deyiladi. Xitoy olimlari ham choyni budda missionerlari olib kelgan deyishadi. 350 yildan ko‘paytirishga kirishilgan. Damlanadigan barg etishtirgan dastlabki markaz Sichuanning Uyan degan joyi bo‘lgan. V asrda imperatorga berilgan soliq choy bilan to‘lanardi. 732 yilning etishtirilgan choyining o‘z qismini davlat foydasiga olingan. 780 yili jahonda birinchi marta  «Choy to‘g‘risida Traktat» («Chatszin») yaratildi. Choy ishlab chiqarishga davlat monopoliyasi 835 yilni choyni mayda xo‘jaliklarga ekish ta’qiqlangan,  keyin ruxsat berilgan.  Alohida soliq-«choy puli» to‘langan.

Choy ishlab chiqarish – ipak, porox, qog‘oz, chinni, kompas singari g‘oyat sir tutilgan. Choy  qayerda o‘sishi  chet elliklardan pinxon tutilgan. Janubda ko‘k choy-lyuycha. Shimolda qizil choy – Xuancha mashhur bo‘lgan. Poytaxtda gulli choy xuancha qadim zamonda dagal sariq choylarni dumaloq g‘o‘lalarga bosib olinardi, bu usul  ularni otga ortib  uzoqqa olib borishga qulay bo‘lgan. U Turkistonda «ot boshi» nomi bilan mashhur bo‘lgan. Choy Tan sulolasi (618-907) davrida 1-marta tashqariga chiqqan. Sovg‘a sifatida Silla davlatiga Yamato Yaponiyaga olib borgan. Yaponiyada 5 asrda  ilm uchun va tibbiyot maqsadida IX asrdan choy etishtirlgan (tarkibida 130 xil modda bor). Xitoycha «Tia». Ilmiy tilda «thea»-«yashil barg» degan ma’nolarni bildiradi. Xitoy muzeyida 300 yil umr ko‘rgan choy daraxti hozir ham ko‘karib hosil bermoqda.

57ca650759235902322f84346b1de4ba       пп-246x300

Dorini choy bilan ichish mumkinmi?

Ko‘pchiligimiz tabletkalarni duch kelgan suyuqlik bilan ichishga odatlanganmiz. Ayrimlar choy, sharbat, kompot, qahva kabi suyuqliklar yordamida dori ichishga odatlanishgan. Afsuski, barchamiz ham bu yo‘sinning tahdidini anglayvermaymiz. Chunki bu suyuqliklar tarkibidagi kimyoviy moddalar dorilar tarkibidagi moddalar bilan o‘zaro reaksiyaga kirishishi va kutilmagan noxushliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holatlarning natijasi o‘laroq, dorivorlar o‘z shifobaxshlik xususiyatini yo‘qotish bilan cheklanib qolmay, hatto tana uchun zaxarli manbaga aylanishi ham ehtimoldan holi emas.

 Xo‘sh, qaysi dorivorlar qanday suyuqliklar bilan “kelishmaydi” yoxud aksincha “do‘st tutinadi”. Bu haqda quyida muxtasar to‘xtalamiz:

Sut bilan yaraga qarshi dorivorlarni (ranitidin, simetidin va h.k.), temirli preparatlarni, ayrim fermentlarni hamda antibiotiklarni va yurak-qon tomir tizimida ishlatiladigan dorivorlarni qabul qilish yaramaydi. Sut yoki sutli ovqat iste’mol qilgandan keyin tetratsiklin antibiotik dorivorini qabul qilish yaramaydi.

Ammo sut tarkibidagi yog‘ aksincha yog‘da eruvchan vitaminlar (A, E, D, K), yodli dorivorlar, indometatsin, rezerpin kabi tabletkalarni qabul qilishda qo‘l keladi.

 Choy bilan dori ichish ham tavsiya etilmaydi. Chunki choy tarkibidagi tanin moddasi ko‘plab dorivorlar bilan o‘zaro ta’sir etish natijasida cho‘kma hosil qiladi. Qolaversa, bunday aralashmalar yurak-qon tomir tizimiga tahdidli ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa, tarkibida azot saqlaydigan dorivorlarni choy bilan ichib bo‘lmaydi. Jumladan, papaverin, kofein, kodein, eufillin va yurak glikozidlari shunday dorivorlar sirasiga kiradi.

 Qahva ham tarkibidagi tanin tufayli choyga o‘xshash ta’sir qiladi. Ammo qahva bilan dori qabul qilish yanada tahdidliroq. Chunki ayrim hollarda qahva ba’zi dorivorlar ta’sirini kuchaytirsa, boshqalari ta’sirini esa susaytiradi. Natijada, dorivorlarning dardga ta’sitori keskin o‘zgaradi. Qahvani dori ichishda qo‘llash mutlaqo tavsiya etilmaydi.

 Sharbatlar bilan ayrim dorivorlarni qabul qilish kamdan-kam hollarda bo‘lsada qo‘l kelishi mumkin. Jumladan, aspirin, paratsetamol, silga qarshi dorivorlarni sharbat bilan ichish ularning samaralarini oshiradi.

Ammo aksari dorivorlar sharbatlar bilan “kelishmaydi”. Ayniqsa, nordon sharbatlar kalsiy dorivorlari va ayrim antibiotiklarni parchalab tashlaydi. Nordon meva sharbatlari oshqozon kislotali muhitini susaytirishi tufayli ham antatsid dorivorlar ta’sirini yo‘qqa chiqaradi. Yurak glikozidlari va sulfanilamid dorivorlarning o‘zlari ham ishqoriy muhitga ega bo‘lganligi bois, bu dorivorlarni nordon meva sharbatlari va hattoki kompot bilan ham ichib bo‘lmaydi.

Ayniqsa, greypfrut sharbati o‘ta xatarli qo‘shimcha reaksiya chaqirishi mumkin. Xushxo‘r va mazali bu sharbat dorivorlar bilan ichilganda ularning ta’sir kuchini ikki barobar kuchaytirib yuborishi ilmiy isbotlangan. Bu sharbat bilan quyidagi dorilarni ichish dorivor dozasining keskin oshib, asoratli holatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi:

–          yurak ritmini mo‘tadillashtiruvchi va dardlarini davolovchi dorivorlar;

–          antidepressantlar ;

–          ayrim antibiotiklar;

–          gipotenziv ya’ni qon bosimini tushiruvchi dorivorlar;

–          xolesterin miqdorini maromidatutuvchi dorivorlar shular sirasidandir.

 Bodai zaqqum ya’ni alkogol ichimliklari bilan dori ichish ham kamdan-kam bo‘lsada uchrab turadi. Spirtli ichimliklar o‘zi zahar hisoblanganliklari bois, dorivorlarning tanaga “og‘ulantirilgan” ko‘rinishda ta’sir etishiga sabab bo‘ladi. Zero, bu ichimliklar tarkibidagi etil spirti eng xatarli “og‘u” ekanligi shubhasiz. Ayniqsa, antibiotiklarni spirtli ichimliklar bilan ichish mutloq yaramaydi. Dorivorlar spirtli ichimliklar bilan ichilganda yoxud o‘z ta’sirini susaytiradi yoxud noxush tarzda kuchaytiradi.

13.05.2016, 09:19 947