«Biz yoshlar “ommaviy madaniyat”va mafkuraviy tahdidlarga qarshimiz!»

17.04.2015, 06:36 Institut yangiliklari 322

Hozirgi globallashuv davrida mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi jadallik bilan kechayotgan jarayondir.Hamkorlik aloqalari kuchayib barcha sohalar kabi madaniyat va ma’naviyatda ham aloqalar erkinligi yuzaga keldi. Natijada ijtimoiy hayotimizning ba’zi jabhalarida muammolarni keltirib chiqardi. G‘oyaviy bo‘shliq sabab jamiyatimiz, mentalitetimizga yot illatlarni kirib kelishi mumkinligini unutmasligimiz zarur.

Prezidentimiz bu borada ”Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida katta tashvish bilan ogohlantirishi bejiz emas: «Tabiiyki, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, induvidualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi”. Yuqorida sanab o‘tilgan tahdidlar turli vositalar orqali jamiyatimizga kirib kelmoqda. Turli filmlar, kliplar,audio va videomateriallar, internet tarmog‘idagi materiallar orqali xavf solmoqda.Ommaviy madaniyatning yoshlarga va jamiyatga halokatli ta’siri juda dahshatli. Bu birinchi navbatda oila, sadoqat vafo, do‘stlik kabi an’anaviy qadriyatlarning yemirilishidir. Shuningdek, milliy urf-odat, an’analarni yo‘qotish evaziga jamiyatimizga yot bo‘lgan qadriyatlarni tiqishtirishga qaratilgan harakatlardir. Bulardan himoyalanish uchun yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, milliy-ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng ustuvor vazifalardandir.

Mazkur masalalarni atroflicha yoritib berish maqsadida, Toshkent farmatsevtika institutida 2015-yil 16-aprel kuni soat 15-00da “Biz yoshlar “ommaviy madaniyat”va mafkuraviy tahdidlarga qarshimiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasi fraksiyasi a’zosi A.A.Jumaboyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi o‘rinbosari D.S.Safarov, “Kamolot” YIH qoshidagi o’quv uslubiy markaz direktori o’rinbosari, psixolog Xoliqov Toshpo’lat Suyunovichlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi.

Hamkor tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi,  O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasi, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi va Toshkent farmatsevtika instituti.

Mazkur tadbir talabalarga turli ma’naviy tahdidlar haqida ma’lumot berish orqali ular bilan kurashish usullari va yo‘nalishlarini ochib beradi hamda yoshlarni bugungi kun qadriga yetishga, berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalana olish ko‘nikmasini yaratishga erishildi.

 

 

 

 

Nigora Ashurova

Toshkent farmatsevtika instituti ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi