Biz yoshlar diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!

16.11.2016, 08:51 Institut yangiliklari, Yangiliklar 690

 

Toshkent farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, uning yoshlar kelajagiga tahdidi hamda salbiy oqibatlarini tushuntirish, o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbiga sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash maqsadida, faollar zalida 2016 yil 15 noyabr kuni soat 10-30 da “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimi  Eshov Xurshid Xurramovich, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mita ma’sul xodimi Aliev Jamshid Ravshanovich, farmatsevtika instituti dotsenti Maxsudov Davron Rustamovich o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.Tadbir davomida “Qiyomatga qolgan qarz” videofilmi namoyish etildi.Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berdilar.Tadbirda 25 nafar pofessor-o‘qituvchilar va 220 nafar talabalar ishtirok etdilar.

IMG_1257     IMG_1213

IMG_1225     IMG_1230

IMG_1195     IMG_1192