“Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz”

11.10.2017, 14:47 Institut yangiliklari, Yangiliklar 84

Institut joriy o‘quv yilidan boshlab yangi 3-binoda ham faoliyat olib borishi natijasida sportning voleybol, yengil atletika turlari bo‘yicha ham  shug‘ullanishga imkoniyatlar yaratildi. Unda farmakogiya, klinik farmatsiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari kafedra mudiri professor S.Saidov boshchiligida talbalarni jismoniy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida bir qator xayrli tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.

Institutda sentyabr-oktyabr oylari davomida bir qator sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi. Bular – stol tennisi, voleybol, futbol. Sportning yuqorida snab o‘tilgan turlari bo‘yicha musobaqalar 1-4 kurs talablari o‘rtasida o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida alohida o‘tkazib kelinmoqda.

Ayniqsa, millionlar o‘yini bo‘lgan  futbol bo‘yicha musobaqalar ko‘pchilik muxlislarni jalb etdi.Institut porfessor-o‘qituvchilari o‘z guruhlariga muxlislik qilib musobaqa yakuniga qadar sun’iy futbol maydonini tark etmadilar.

Sportning futbol turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish maqsadida, jismoniy madaniyat va sport bo‘limi hamda institut YOshlar ittifoqi hamkorligida  “Rektor kubogi” musobaqasi joriy yilning 2017 yil 6-10 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 1 – kurs talaba – yigitlari 16 ta jamoa 128 nafar talaba – yigitlar qatnashdilar.

Musobaqa keskin va shiddatli raqobat ostida o‘tdi.

Musobaqaning final bosqichida 1 – bosqich, sanoat farmatsiya fakulteti “O‘zbekiston 26” jamoasi bilan farmatsiya fakulteti “Kasb ta’limi” jamoalari kuch sinashib g‘alaba sanoat farmatsiyasi “O‘zbekiston 26” futbol jamoasiga nasib etdi.2 – o‘rin farmatsiya fakulteti “Kasb ta’limi” futbol jamoasiga nasib qildi.