“Biz jinoyatchilikka qarshimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

19.06.2017, 12:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 159

 

    

2017 yil 17 iyun kuni soat: 11-00 da institut rahbariyati va Toshkent shahar IIB hamkorlikda “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olish choralari” va “Biz jinoyatchilikka qarshimiz!” hamda “Harakatlar strategiyasining ustivor yo‘nalishlari”, “Odam savdosiga qarshi kurashishda ta’lim muassasasining o‘rni”, mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahar IIB XOB katta inspektori A.A.Ochilov, institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, kafedra o‘qituvchilari, murabbiylar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Tadbir jarayonida yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik holatlari va bularning oldini olish choralari, odam savdosi, giyohvandlikning oldini olish va yoshlarni bundan ogoh etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, Toshkent shahridagi P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kolleji o‘quvchilari ishtirokida ro‘y bergan holat xususida talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Mazkur masala yuzasidan institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.I.Xudoyberdiyev, “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjayevalar targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Hamda bu kabi noxush holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi. Tadbir so‘ngida mavzuga oid film namoyish etildi. Tadbirda jami 250 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.