«“Biz buyuk yurt farzandlarimiz”, “Harbiy xizmat mardlik, chiniqish, toblanish maktabi”»

14.01.2015, 16:12 Institut yangiliklari 270

2015-yil  12-yanvar soat 18-00 da institut talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlar o‘rtasida 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz”, “Harbiy xizmat mardlik, chiniqish, toblanish maktabi” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, bayram munosabati bilan “Tinchlik uchun kurashmoq kerak!” filmi namoyish etildi va farmatsiya ishini tashkil qilish kafedrasi assistenti Z.U.Mamatqulov va “Kamolot” YoIH yetakchisi O‘.J.Yunusov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Shuningdek tadbir jarayonida institut talabalar turar joyi rahbari X.SH.Ilxomov, farmatsiya fakulteti 5-kurs talabasi Y.Arslonovalar so‘zga chiqib, bayram bilan barcha harbiylarni hamda harbiy xizmatni o‘tab institutda tahsil olayotgan talabalarni chin dildan muborakbod etdi. Tadbirda jami 250 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.