«Biz buyuk ajdodlar vorislarimiz!»

09.02.2015, 13:01 Institut yangiliklari 403

Institut fakultetlarida va talabalar turar joyida yashovchi talabalar o‘rtasida institut Tillar kafedrasi, “Xotin-qizlar” qo‘mitasi, “Kamolot” YoIH yetakchilari tashabbusi bilan 2015-yil 7-fevral kuni kichik faollar zalida Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligiga bag‘ishlab, “Biz buyuk ajdodlar vorislarimiz!” mavzusida adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi.

Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, institut talabalari tomonidan Alisher Navoiy ijod namunalaridanparchalar aytildi, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Bu kabi tadbirlar natijasida talabalarning adabiy merosimizga yuksak hissa qo‘shgan buyuk so‘z ustasi Navoiy ijodidan bahramand bo‘lishdi va ular qalbida faxr va iftixor tuyg‘ularining shakllanishiga erishildi. Tadbirda jami 56 nafar talabalarning va professor o‘qituvchilarning ishtiroki ta’minlandi.

Tadbir so‘ngida institutning iqtidorli talabalari tomonidan “Navoiy siymosi barhayot” mavzusida chizilgan rasmlar ko‘rgazmasi taqdim etildi.