Bitiruvchilar klubi

Sa’dulla Iskandarov 

Sa’dulla Iskandarov Toshkent farmasevtika institutining rektori bo‘lib 1991 yil 22 iyuldan 2000 yil 10 noyabrgacha ishladi.

S.Iskandarov 1939 yili Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. 1961 yili Toshkent farmasevtika institutini bitirgach, bir yil 81-dorixonada ishlab, so‘ngra O‘zbekiston FA O‘simlik moddalari kimyosi intitutiga ishga o‘tdi. Avvaliga aspirant (1962-1965y) keyinchalik katta ilmiy hodim bo‘lib ishladi.

1973 yili Xorazm Davlat Pedagogika institutining o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori etib tayinlandi va shu lavozimda 1977 yilgacha ishladi. So‘ngra Xorazm viloyati hokimligida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishladi. 1977-1978 yillarda O‘rta Osiyo Neftni qayta ishlash ilmiy tadqiqot instituti direktori, 1978 yilda esa Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlar institutiga rektor etib tayinlandi. 1986 yildan shu institutning kimyo kafedrasi professori va ilmiy-tadqiqot muammolar laboratoriyasi mudiri, 1989-1991 yillar kafedra mudiri bo‘lib xizmat qildi.

S.Iskandarov 1991-2000 yillarda Toshkent farmasevtika instituti rektori lavozimida ishladi. Ayni shu davr ichida Toshkent farmasevtika instituti MITL (markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriya) sini boshqardi. Shu davr mobaynida, u qisqa vaqt (1993-1994y) O‘zFarmsanoat konserniga raislik qildi, so‘ngra yana qaytadan institut rektori vazifasiga tayinlandi.

U 1967 yilda kimyo fanlari nomzodi va 1973 yili kimyo fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun mavaffaqiyatli ravishda dissertatsiyalar himoya qildi. 1980 yildan Organik kimyo kafedrasi professori, 1991 yildan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi Akademiyasining akademigi, 1989 yildan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining muhbir a’zosi va keyinchalik haqiqiy a’zosi.

S.Iskandarovning ilmiy ishlari yo‘nalishi “Tabiiy va fiziologik faol moddalar kimyosi” sohasiga oid. U 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3 ta darslik va 39 ta ixtiro muallifi.

Mannon Azizovich Azizov

Mannon Azizovich Azizov Toshkent farmasevtika institutining rektori bo‘lib 1957 yilning fevralidan 1970 yilning 22 iyuligacha ishlagan.

M.A.Azizov 1913 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1937 yilda O‘rta Osiyo Davlat Universitetining kimyo fakultetini bitirgan. Toshkent farmasevtika institutida 1937 yildan boshlab, oldin kimyo kafedrasi asistenti va dotsenti (1937-1944y), so‘ngra analitik kafedrasi mudiri (1944-1957y) bo‘lgan. 1970 yildan yana analitik kimyo kafedrasi mudiri lavozimida ishlay boshladi. Ayni shu davrda Toshkent Farmasevtika institutida mikroelementlarning turli biologik faol birikmalar bilan kompleks birikmalari laboratoriyasini tashkil qildi va umrining ohirigacha unga rahbar bo‘ldi.

M.A.Azizov 1944 yilda nomzodlik, 1968 yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 1961 yilda O‘zbekistonda  xizmat ko‘rsatgan ixtirochi, 1964 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi fahriy unvonlari berilgan. Bu fidoiy olimning ilmiy ishlari asosan tibbiyot va qishloq xo‘jaligi (vetirinariya)da qo‘llanadigan mikroelementli kompleks birikmalar sinteziga

bog‘ishlangan. Uning rahbarligida mikroelementlarning turli biofaol moddalar bilan birgalikdagi 500 ga yaqin kompleks birikmasi sintez qilingan  va shulardan koamid, feramid, kobalt-30, kupir preparatlari tibbiyot amaliyotiga joriy qilingan.

M.A.Azizov 25 fan nomzodi va 4 ta fan doktorini tayyorladi. U 2 monografiya va 220 ta ilmiy maqola muallifidir.

Hamid Xolmatovich Xolmatov 

Hamid Xolmatovich Xolmatov Toshkent farmasevtika institutining rektori bo‘lib 1970 yil 23 iyuldan 1985 yil 10 fevralgacha  ishlagan.

Hamid Xolmatovich Xolmatov 1923 yilda Qozig‘istonning Jambul viloyati Marki shahrida  tug‘ilgan. 1944 yilda Toshkent farmasevtika institutini bitirgach, shu institutning farmakognoziya kafedrasida avvaliga aspirant (1944-1947y) so‘ngra professor (1977 yildan) sifatida xizmat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida Toshkent Farmasevtika instituti  dekani (1957-1959y), o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari (1959-1970y) lavozimlarida ishladi. 1970-1984 yillarda rektori lavozimlarida ishladi, 1985 yildan farmokognoziya kafedrasi mudiri etib tayinlandi va shu kafedra professori bo‘lib qoldi.

1950 yilda nomzodlik, 1975 yilda “O‘zbekiston diuretik ta’sirli yovvoyi o‘simliklari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.

U 13 ta monografiya, 16 ta risola, 4 ta lug‘at, 3 ta darslik, 45 ta qo‘llanma, 230 ga yaqin ilmiy maqollalar), 8 ta vaqtincha Farmokopeya maqolasi, 2 ta patent va 2 ta mualiflik guvohnomasi muallifidir.

H.X.Xolmatov rahbarligida 7 ta nomzodlik va 3 ta doktorlik dissertatsiyalar himoya qilingan. 1977 yildan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” 1983 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash hodimi” fahriy unvonlariga ega, 1958 yildan “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” va “Oliy ta’lim a’lochisi”dir.

Erkin Rahimovich Toshmuhamedov

Erkin Rahimovich Toshmuhamedov Toshkent Farmasevtika institutining rektori bo‘lib 1989 yil 25 yanvardan 1991 yil 22 iyuligacha ishladi

E.R.Toshmuhamedov 1930 yili toshkent shahrida tug‘ilgan. 1952 yilda Toshkent farmasevtika institutini bitirgach Moskvada I.M.Sechenov nomidagi Meditsina institutining farmasevtika fakultetida aspiranturani tamomlagan, so‘ngra toshkent farmasevtika institutining farmatsiya ishini tashkil qilish va iqtisod kafedrasi katta o‘qituvchisi (1956-1963), dotsent 1988-2010 yillarda professor lavozimida ishladi.

U 1976-1978 yillarda Toshkent farmasevtika institutida dekan, 1985-1987 yillar Provizorlar malakasini oshirish fakulteti (FUP) dekani va 1988-1991 yillar shu institut rektori bo‘lib xizmat qildi.

E.R.Toshmuhamedov 1985 yilda “O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston aholisini va dvolash prfilaktika muassassalarini dori vositalari bilan ta’minlash ishlarini takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha farmasevtika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun Xarkov farmasevtika institutida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Uning ilmiy ishlari “o‘zbekiston Respublikasi xalqi va Sog‘liqni saqlash muassasalari dorilar bilan ta’minlashni takomillashtirish” masalalariga bag‘ishlangan.

E.R.Toshmuhamedov 200 dan ortiq ilmiy maqolalar va 4 monografiya muallifi, uning rahbarligida 10 nomzodlik dissertatsiya yoqlangan. U  “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” belgisi bilan taqdirlangan hamda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash hodimi” fahriy unvoniga ega.

16.03.2019, 16:09 923