“Bepul maqola chiqarish hamda olimlarning xalqaro nufuzini oshirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar  bo‘lib o‘tdi.

02.12.2017, 18:30 Institut yangiliklari, Yangiliklar 174

2017-yil 1-dekabr soat 14.00 da Toshkent farmatsevtika institutining kichik faollar zalida “Bepul maqola chiqarish hamda olimlarning xalqaro nufuzini oshirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar  farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi va ilmiy bo‘lim tomonidan tashkillashtirildi. Seminarda institutning bir qator  doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va yosh olimlar ishtirok etishdi. Seminarda chet el nashriyotlarining va ilmiy-ma’lumotlar agregatorlarining imkoniyatlari, maqola va tezizlar chop etish, EBSKO, SCOPUS, PROQUEST, Rossiya davlat kutubxonasining dissertatsiyalarning elektron kutubxonasiga va etakchi nashriyotlari ma’lumotlar bazasidan foydalanish haqida ma’lumotlar berildi.