“Bayramingiz muborak – aziz ustozlar” (institut rahbariyatiga biriktirilgan “Mehribonlik uyi”da tashkil etilgan tadbir).

28.09.2017, 09:03 Institut yangiliklari, Yangiliklar 192

 

 

     

     

2017-yil 27-sentyabr kuni institut Xotin – qizlar qo‘mitasi raisi  M.Y.Saidova,  qo‘mita a’zolari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut BT bilan birgalikda 1 oktyabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahar, Sirg‘ali tumanidagi 33-sonli “Mehribonlik uyi”da “Bayramingiz muborak – aziz ustozlar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir jarayonida “Mehribonlik uyi” direktori Muqimova Aziza Salixovna, Xotin – qizlar qo‘mitasi raisi  M.Y.Saidova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut BT etakchisi O‘.J.Yunusovlar mavzu yuzasidan ma’lumot berishdi. “Mehribonlik uyi”da tarbiyalanuvchi o‘quvchilar o‘rtasida turli mavzularda o‘yinlar, topishmoqlar o‘tkazildi va bolalarni  qiziqtirgan savollariga javob berildi.

     

Bolajonlar uchun maxsus tayyorlangan viktorina savollariga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchilarga institut Xotin-qizlar qo‘mitasi a’zolari tomonidan estalik sovg‘alari ulashildi. Shuningdek, mazkur dargohda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga va o‘qituvchilarga bayram sovg‘alari taqdim etildi. Mazkur tadbirda jami 47 nafar professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar va o‘quvchilarning ishtiroki ta’minlandi.