«“Barhayot meroslar”, “Bobur merosini o‘rganishda yoshlar faolligi”»

16.02.2015, 13:07 Institut yangiliklari 409

2015-yil 14-fevral kuni institut faollar zalida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligiga bag‘ishlab, sanoat farmatsiyasi fakulteti dekanati, Tillar kafedrasi tashabbusi bilan “Barhayot meroslar”, “Bobur merosini o‘rganishda yoshlar faolligi” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirni institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.X.Qodirova kirish so‘zi bilan ochib berdi va talabalar o‘zlarining badiiy ijod namunalari, badiiy chiqishlari bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan sahnaviy ko‘rinishlar namoyish etildi. Ayniqsa, talabalar tomonidan ijro etilgan raqslar guldastasi barchada katta taassurot qolirdi.

Tadbir davomida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi, “Nihol” mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo‘jayev tashrif buyurdi va o‘zining kuy-qo‘shiqlari bilan barchani xushnud etdi.