Barcha qiziquvchi talabalar diqqatiga!

22.01.2020, 08:46 E'lonlar, Institut yangiliklari, Yangiliklar 581

2019 yilning 21 noyabrida Birlashgan Arab Amirliklari bilan xamkorlikda bir million maxalliy dasturchilarni tayyorlash bo’yicha “One Million Uzbek Coders” loyihasi ishga tushirildi.

Loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Dubai Future Foundation jamgarmasi, Toshkentdagi Inxa universiteti, Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bilan xamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Loyihaning birinchi bosqichida to’rtta mutaxassislik – Ma’lumotlar taxlilchisi, Front-end veb-dasturchisi, Full-stack veb-dasturchisi va Android ilovalar dasturchisi qamrab olinadi. Umumiy kurslar 120 soatni tashkil etadi va kurslar yakunida tegishli sertifikatlar beriladi.

Barcha ma’lumotlarni http://uzbekcoders.uz/ sayti orqali olishingiz mumkin.