Ayol timsolida – kamalakning jilosi

09.03.2016, 07:36 Institut yangiliklari, Yangiliklar 471

2016-yil 7-mart kuni Toshkent farmatsevtika instituti miqyosida 8 mart – “Xotin-qizlar kuni” bayramini keng nishonlash maqsadida, “Ayol timsolida – kamalakning jilosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institutning iqtidorli talabalari jalb etildi. Bayram tadbiri jarayonida institutda bir necha yillardan buyon mehnat qilayotgan, o‘zining fidoiyligi, o‘z ishiga nisbatan mas’uliyatligi hamda yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi sadoqati uchun 13 nafar kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va o‘qituvchilari (ayollar) estalik sovg‘alari va ma’naviy rag‘batlantirildi. Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Avazbek Olimovlar ishtirok etib, barchani o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan mamnun etishdi. Jami ishtirokchilar soni 250 nafarni tashkil etdi.

 2016_8    2016_9

 2016_10    2016_11