“Ayol timsolida  kamalakning jilosi” mavzusida ko’rik tanlov o’tkazildi.

09.03.2018, 21:03 Institut yangiliklari, Yangiliklar 365

Toshkent  farmatsevtika  instituti  faollar  zalida  9-mart 14:00 da 8-mart Xalqaro Xotin qizlar kuniga bag’ishlangan “Ayol timsolida  Kamalakning jilosi” nomli  ko’rik tanlov bo’lib o’tdi. Tadbirni institut rektori, professor I.I.Alimjonov  kirish so’zi bilan  ochib ayollarimizni yana bir bora bayram bilan  tabriklab barcha ishtirokchilarga omad  tiladi.

Tanlovdan ko’zlangan maqsad talaba qizlarning intellektual saloxiyatini,  topqirligini, faolligini  yanada  oshirish

Ona vatanga mehr-muhabbat, kelajakka ishonch, talaba qizlar orasida orastalikni, do’stlikni tarannum etish, ustozlarga extirom, burch va ma’suliyat, oilaga tayyorlash hamda iqtidorli talaba qizlarni qo’llab quvvatlashdan iborat.  Tadbirda eng faol Farmatsiya fakultetidan Safarova Zarnigor, Rajabova Dilnoza, Asanova Dildora va Sanoat  farmatsiyasi fakultetidan Axmadjonova Gulchexra, Uzmanova Oyrozigul kabi. talaba qizlar 3 ta shart bo’yicha bella shdilar.

1-tanishtiruv  shartida  har  bir  ishtirokchi  qiz  o’z tug’ilib  o’sgan  viloyati  tarixi,  milliy   an’analari  va  qadriyatlari to’g’risida taqdimot  qildilar.

2-shart 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar Strategiyasining ma’no mazmunini yoritish va xayotiy misollar bilan talqin etish.

3-shart saxna ko’rinishi, ma’lum muammoni yechimiga qaratilgan, tarbiyaviy axamiyatga ega bo’lgan taqdimot. Ishtirokchilar xar bir shartda o’zlarining iste’dodi, bilimi va aktyorlik maxoratini  namoyon  etdilar.

Tadbir so’ngida  “Eng ko’rkam libos sohibasi”, ”Eng zukko talaba”, ”Eng mahoratli obraz sohibasi”, ”Eng mohir notiq” va “Eng faol talaba“ nominatsiyalari  bo’yicha  institut  rahbariyati va jamoat tashkilotlari  tomonidan faxriy yorliq , esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.