«Ayol timsolida – kamalakning etti jilosi»

07.03.2015, 15:35 Institut yangiliklari 277

Institut talaba-qizlarning intellektual salohiyatini, topqirligini, faolligini yanada oshirish, Ona vatanga mehr-muhabbat, kelajakka ishoch, talabalar o‘rtasida orastalik, do‘stlikni tarannum etish va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2015-yil 5-mart kuni soat 15-00 da institut faollar zadida “Ayol timsolida – kamalakning etti jilosi” mavzusida talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda talaba-qizlar to‘rt shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar:

1 shart – tanishtiruv;

2 shart – pazandalik sinovi;

3 shart – ro‘zg‘or maktabi;

4 shart – blits-so‘rov

Tanlovda talaba-qizlar o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi va ko‘rik-tanlov nizomi asosida g‘oliblar aniqlandi hamda qimmatbaho sovg‘alar va “Fahriy yorliq” bilan taqdirlandi. Tadbirda jami 250 nafar rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.