«Ayol muqaddas, ayol mo‘tabar»

05.03.2015, 15:16 Institut yangiliklari 532

2015-yil 4-mart kuni soat 14-00 da O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida “8mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlab, “Ayol muqaddas, ayol mo‘tabar” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Tadbir jarayonida institut rektori A.N.Yunusxo‘jayev barcha xotin-qizlarni bayram bilan muborakbod etib, Xalqaro xotin-qizlar kuni 8-mart bayrami munosabati bilan institutda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda, ularni barkamol, komil inson qilib tarbiyalashda faol xizmat ko‘rsatayotgan 20 nafar ustozlar va xodimlar institut Xotin-qizlar qo‘mitasi, kasaba uyushma qo‘mitasi hamda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining taklifiga binoan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shu bilan bir qatorda “2015yil – Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan institutda bir necha yillardan buyon mehnat qilayotgan  24 nafar  faxriy  professor-o‘qituvchilar (ayollar) moddiy rag‘batlantirildi. Tadbirda jami 540 nafar rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova tashrif buyurib, barcha ayollarni bayram bilan tabrikladi va kuy-qo‘shiqlar aytib barchada katta taassurot qoldirdi. Shundan so’ng O‘zbek Milliy Akademik teatri jamoasi tomonidan “Imkon” spektakli namoyish etildi.