“Axborot va murabbiylik soati”mashg‘ulotlarini tashkil etish va uni o‘tkazish mavzusida ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining majlisi bo‘lib o‘tdi.

15.09.2017, 18:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 76

2017-yil 13-sentyabrda institut kichik faollar zalida ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda “Axborot va murabbiylik soati”mashg‘ulotlarini tashkil etish va uni o‘tkazish, “Talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish choralari”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish choralari” xususida so‘z yuritildi. So‘zga institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Salimsakova Nilufar Salixovna, “Murabbiylik” kengashi raisi Xodjayeva Muattar Asadullayevna, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Ashurova Nigora Xayitovnalar chiqib, mavzu yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdi. Shuningdek, o‘tkazilayotgan tadbirlarning salohiyatini yanada ko‘tarish, talabalarni vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirgan holda tarbiyalash, ularni nafaqat o‘z sohasining etuk mutaxassislari balki har tomonlama komil insonlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi. Murabbiylar oldida turgan vazifalar xususida ham ma’lumotlar berib o‘tildi. Mazkur majlisda institut kafedralarining ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul o‘qituvchilari, fakultet murabbiylari va rahbar xodimlarning ishtiroki ta’minlandi. Jami ishtirokchilar soni 34 nafarni tashkil etdi.