Astraxanda Rossiya-O‘zbekiston  OTM rektorlarinig mintaqaviy forumi ish boshladi

08.04.2019, 16:46 Yangiliklar 113

Bugun, 8 aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Astraxan  shahrida Rossiya va O‘zbekiston OTM rektorlarining mintaqaviy konferensiyasi boshlandi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov boshchiligida vazirlik mutaxassislari va 20 ta OTM rektorlaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda. Mintaqaviy konferensiyada asosiy masala sifatida oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasi muhokama qilinadi.

Jumladan, 2018 yil oktabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan “Yangi iqtisodiyot uchun – yangi kadrlar” birinchi O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish hamda ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalari hamkorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Forum  kun tartibiga ko‘ra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi  Fan va oliy ta’lim vazirligi vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, Astraxan shahridagi OTMlarga tashrif buyurib, ular faoliyati bilan tanishadi.

Ma’lumot uchun, 2018 yil 18 oktabr kuni Toshkentda O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumi o‘tkazilib, unda rossiyalik hamkorlar bilan jami 114 ta shartnoma va bitimlar imzolangan edi. Xususan, O‘zbekistonda RFning 6 ta nufuzli OTM filiali va 2 ta fakultetini ochish, 52 ta qo‘shma ta’lim dasturini joriy etishga kelishilgan.

Edu.uz

Intitut matbuot kotibi  N.L.Usmanova