Assalom Navro‘z !

18.03.2018, 15:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 455

Har yili Navro‘z umumxalq bayrami arafasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini o‘tkazish odat tusiga kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2018-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq allaqachon bu ayyomni ko‘ngildagidek o‘tkazish uchun chora-tadbirlar boshlab yuborilgan.

Xususan, Toshkent farmatsevtika institutida 18-19 mart kunlari “Shanbalik kuni” deb e’lon qilindi. Shu jumladan Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasida 2-3-kurs talabalari bilan shanbalik o’tkazilmoqda.