Apellyatsiya tartibi

Apellyatsiya shikoyatlarini ko’rish

Apellyatsiya shikoyatlarini ko’rish

O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassalari bakalavriatiga 2015/2016-o`quv yili uchun qabul test sinovlari natijasi yuzasidan fuqorolar murojaatlari Davlat test markazida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasi tomonidan ko`rib chiqilmoqda. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi O`zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 2015-yil 19 avgustdagi 5-son bayoni bilan tasdiqlangan bo`lib, respublika umumiy o`rta, o`rta maxsus kasb hunar va oliy ta’lim muassalarida faoliyat olib borayotgan yuqori malakali pedagog xodimlardan iborat.Apellyatsiya shikoyatlarini ko`rib chiqish O`zbekston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 8 iyul 2242-son bilan ro`yhatdan o`tkazilgan (15.08.2014 yil 2242-1-son bilan o`zgartirish kiritilgan) “O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavraiatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o`tkazish tartibi to`g`risidagi NIZOM”ning III bobiga muvofiq abituriyent ishtirokida amalga oshirilmoqda.