«Amir Temurning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni»

11.04.2015, 14:19 Institut yangiliklari 548

Yurtimizda yashab ijod qilgan ulug‘ bobokalonlarimizning ibratli hayoti, serqirra faoliyati, ilm-fan rivoji yo‘lidagi olamshumul ishlarini talabalarga yetkazish hamda ajdodlar merosini o‘rganish va ularga munosib vorislik ruhida tarbiyalash maqsadida, 2015-yil 9-aprel kuni soat 14-30 da institut faollar zalida Amir Temur tavalludining 679 yilligiga bag‘ishlab, “Amir Temurning jahon  sivilizatsiyasidagi o‘rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi adabiy maslahatchi Farog‘at Hudoyqulova hamda institut rektori, professor A.N.Yunusxo‘jayev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev, kafedra mudirlari, o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Jami ishtirokchilar soni 250 nafarni tashkil qildi.