Amir Temur siymosi-yoshlarga o‘rnak.

07.04.2018, 17:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 219

Amir Temur – xalqimiz tarixi solnomasidagi najotkor qahramonlardan biri. 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlar to‘g‘risida”gi farmonga muvofiq 2018-yil 7-aprel kuni Tillar kafedrasi O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan Amir Temur muzeyida o‘tkazilgan “Amir Temur siymosi-yoshlarga o‘rnak” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda 30 nafar talabalar bilan ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi bo‘lim boshlig‘i N.Yuldasheva, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi mas’ul xodimi B.Xaydarov, O‘zbek Milliy akademik teatri aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov, Toshkent farmatsevtika instituti Tillar kafedrasi mudiri S.To‘ychiyevalar Amir Temurning milliat taraqqiyoti, madaniyati va faniga qo‘shgan hissasi haqida fikr bildirishdi. Tadbir interfaol tarzda o‘tib, talabalar faol ishtirok etishdi. Bundan tashqari tadbir O‘zbekiston Milliy radiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” va “Uzreport” kanallarida talabalarimiz intervyulari bilan namoyish qilindi.