“Amaliy mexanika” fani bo’yicha institutimiz talabalari orasida navbatdagi fan olimpiadasining I-turi (test sinovi) bo’lib o’tdi.

14.03.2018, 18:36 Institut yangiliklari, Yangiliklar 359

2018 yilning 14-mart, chorshanba kuni Toshkent farmatsevtika institutining “Fizika, matematika va axborot texnologiyasi” kafedrasi tasarrufidagi (institutning 2-binosi 4-qavat) 103-xonada soat 14:00 da “Amaliy mexanika” fani bo’yicha institutimiz talabalari orasida navbatdagi fan olimpiadasining I-turi (test sinovi) bo’lib o’tdi. “Amaliy mexanika” fan olimpiadasining I-turida (test sinovi) 12 nafar talabalar qatnashdi. Fan olimpiadasining test sinovlari vaqtida olingan lavhalar ilovada keltirilmoqda.

     

     

“Amaliy mexanika” fan olimpiadasining II-turi (laboratoriya ishi va masalalar yechish) joriy yilning 15-mart, payshanba kuni soat 13:30 da “Fizika, matematika va axborot texnologiyasi” kafedrasi tassarufidagi fizika laboratoriya o’quv xonalarida bo’lib o’tadi.

Fan olimpiadasi natijalari nizomda ko’rsatilgan tartibda belgilangan vaqt “Fizika, matematika va axborot texnologiyasi” kafedrasi e’lonlar peshtaxtasida talabalar e’tiboriga havola etiladi.

“FMAT” kafedrasi mudiri:

Shadmanov K.K.