Abiturientlar uchun eslatma

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 7 iyundagi 17-son bayoni qarori bilan 2019/2020 o‘quv yili qabulida Toshkent davlat yuridik universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Farg‘ona davlat universiteti hamda Samarqand davlat universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazish belgilandi.
Qayd etilgan 5 ta oliy ta’lim muassasasi test sinovlarida ishtirok etishga birinchi sifatida tanlanganda Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Resublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Boshqa barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyalarida abituriyentlar o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasasi va hududidan qat’iy nazar test sinovlarida ishtirok etishi uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Mazkur holat abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.
Ma’lumot sifatida: abituriyentlar xohishlariga ko‘ra, Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun shu (o‘zi birinchi OTM sifatida tanlagan) yoki boshqa oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega.

25.06.2019, 20:30 7000