8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayramingiz muborak aziz ayollar!

07.03.2018, 19:23 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1469

2018-yil 7-mart kuni institutda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori, professor I.I.Alimdjanov bayram tabrigi bilan ochib, ko‘p yillar institutda samarali faoliyat yuritayotgan 21 nafar ayol professor-o‘qituvchi va ishchi xodimalarni hamda 20 nafar a’lo o‘qishi, namunali hulqi va jamoat ishlarida faol bo‘lgan talaba qizlarni faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi. Tadbirda institutning bir guruh iqdorli, faol talabalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi barcha xotin-qizlar e’tiboriga havola etildi.

     

     

     

     

     

     

Bundan tashqari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilxom Farmonov va estrada honandasi Shoxjahon Jo‘rayevlarning kuy qo‘shiqlari  bayram dasturini ko‘tarinki ruhda o‘tishida xizmat qildi.

     

     

     

     

Hurmatli institutimizning latofatli ayol professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimalari hamda go‘zal talaba qizlari, Sizlarni institutdagi barcha erkak professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talaba yigitlari nomidan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga mustahkam sog‘lik-salomatlik, baxt-saodat, tinchlik –xotirjamlik, faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN AZIZ AYOLLAR!