“ 5 iyun — Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

08.06.2017, 10:52 Institut yangiliklari, Yangiliklar 244

Institut  Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan 2017-yil  5-iyun kuni “5-iyun — Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda kafedra professori A.Abzalov qiziqarli ma’ruza qildi. Unda quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tdi. Ezgu qadriyatlarimizga hamohang tarzda istiqlol yillarida mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilishga, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrab-avaylashga, tabiiy resurslarga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lishga e’tibor qaratib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50 va 55-moddalarida “Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar”, “Er, er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”, deya belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, xalqaro me’yorlarga javob beradigan sohaga oid yigirmadan ortiq qonun va 150 ga yaqin qonunosti  huquqiy-normativ hujjatlari hayotga tatbiq etildi. “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “Er osti boyliklari to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlar ana shular jumlasidandir. Tadbirda 68 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.