“Chet elda o’qish va stipendiya yutish sirlari” mavzusidagi seminar-treningga taklif qilamiz.

11.01.2021, 21:31 E'lonlar, Institut yangiliklari, Yangiliklar 179

Hurmatli  talabalar! Barcha qiziquvchilarni 12.01.2021 kuni soat 13:30 da Institut katta faollar zalidaAssalomu alaykum qadrli talabalar! Barcha qiziquvchilarni 12.01.2021 kuni soat 13:30 da Institut katta faollar zalida “Chet elda o’qish va stipendiya yutish sirlari” mavzusidagi seminar-treningga taklif qilamiz. Seminarda Haydelberg Universitetining (Heidelberg University) molekulyar sistemalar kimyosi va muhandislik yo’nalishi magistranti Sunnatullo Fazliyev o’z tajribalari bilan bo’lishadi. Seminar davomida nufuzli universitetlarga kirish, stipendiyalar yutish, xorijda yashashni rejalashtirishda e’tibor berish kerak bo’ladigan nozik jihatlarga to’xtalib o’tiladi. Seminar 30 daqiqalik prezentatsiya va 30 daqiqalik savol-javoblar ko’rinishida o’tishi rejalashtirilgan. Do’stlaringizga ham ulashing! Ma’ruzachi haqida qisqa ma’lumot: Sunnatullo Fazliyev 47- va 48-Xalqaro Mendeleyev olimpiadalarida bronza va kumush medallarini qo’lgan kiritib, 2016-yil kimyo fanidan Talabalar o’rtasidagi Respublika olimpiadasining mutloq g’olibi bo’lgan. 2014-yilda “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. 2015-yilda “Dori-darmon” AK stipendiyasi sohibi, 2018-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiasi laureati. 2018-yilda “Kimyodan olimpiada masalalari” nomli kitobi nashrdan chiqdi. 2020-yilda Germaniyaning Maks Plank jamiyati (Max Planck Society) “Moddadan hayotga” nomli oliy maktabiga (“Matter to life” graduation school) qabul qilinib, “Molekulyar sistemalar kimyosi va muhandislik” yo’nalishi stipendiyasini qo’lga kiritdi. elda o’qish va stipendiya yutish sirlari” mavzusidagi seminar-treningga taklif qilamiz. Seminarda Haydelberg Universitetining (Heidelberg University) molekulyar sistemalar kimyosi va muhandislik yo’nalishi magistranti Sunnatullo Fazliyev o’z tajribalari bilan bo’lishadi. Seminar davomida nufuzli universitetlarga kirish, stipendiyalar yutish, xorijda yashashni rejalashtirishda e’tibor berish kerak bo’ladigan nozik jihatlarga to’xtalib o’tiladi. Seminar 30 daqiqalik prezentatsiya va 30 daqiqalik savol-javoblar ko’rinishida o’tishi rejalashtirilgan. Do’stlaringizga ham ulashing! Ma’ruzachi haqida qisqa ma’lumot: Sunnatullo Fazliyev 47- va 48-Xalqaro Mendeleyev olimpiadalarida bronza va kumush medallarini qo’lgan kiritib, 2016-yil kimyo fanidan Talabalar o’rtasidagi Respublika olimpiadasining mutloq g’olibi bo’lgan. 2014-yilda “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. 2015-yilda “Dori-darmon” AK stipendiyasi sohibi, 2018-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiasi laureati. 2018-yilda “Kimyodan olimpiada masalalari” nomli kitobi nashrdan chiqdi. 2020-yilda Germaniyaning Maks Plank jamiyati (Max Planck Society) “Moddadan hayotga” nomli oliy maktabiga (“Matter to life” graduation school) qabul qilinib, “Molekulyar sistemalar kimyosi va muhandislik” yo’nalishi stipendiyasini qo’lga kiritdi.