Toshkent farmatsevtika institutining sanoat farmatsiya fakultetiga qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan o’tayotgan online tanishuv darslari fakultet dekani tomonidan nazorat qilib borilmoqda

16.10.2020, 16:29 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 276

Toshkent farmatsevtika institutining sanoat farmatsiya fakultetiga qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan o’tayotgan online tanishuv darslari fakultet dekani Z.U. Mamatqulov tomonidan nazorat qilib borilmoqda

Talabalar institutdagi dars jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqdalar. Barcha kafedra mas’ullari tomonidan masofaviy ta’lim platformasidan qay tartibda foydalanish lozimligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Masofaviy ta’lim jarayonida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga olgan tarqatma materiallar ularga etkazib berilmoqda. Shuningdek, o‘tiladigan darslar, muhim qoidalar, kredit-modul tizimida o‘qish tartiblari bo‘yicha ham muhim tushuntirishlar berib borilmoqda.

           

Institut matbuot xizmati