1-bosqich talabalari uchun tanishuv darslari boshlandi

12.10.2020, 16:06 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 438

Toshkent farmatsevtika institutiga 2020-2021 o’quv yilida qabul qilingan talabalarning  birinchi o’quv kuni 2020-yil 12-oktabrda institutning ochiq maydonida soat 09:00  da  O’zbekiston Respublikasining madhiyasi yangragan holda qarshi olindi. Tadbirn institut rektori Rizayev.K.S   kirish so’zi  bilan   ochib berdi  va talabalarning o’qishlarida omad tilab kelajakda o’z  kasbining yetuk mutaxassisi  bo’lishlariga tilak bildirdi.

So’ng talabalar fakultet dekan muovinlari tomonidan  dars jadvali, ta’lim beruvchi professor-o’qituvchilar bilan tanishtirildi.

1-bosqich talabalari uchun an’anaviy o’qishning ochilish marosimida Toshkent shahri, Toshkent viloyat va Sirdaryo viloyati talabalari qatnashdilar.

Shuningdek 1-bosqich talabalari uchun an’anaviy ta’lim shaklida boshlangan  dars jarayonlari karantin qoidalariga rioya etgan holda o’tazilib, auditoriyalarda 50% dan oshirmagan ya’ni talabalar masofa saqlagan tarzda tanishtiruv darslari olib borildi. Institut talabasi maqomi, o‘tiladigan darslar, muhim qoidalar, kredit-modul tizimida o‘qish tartiblari to‘liq tushuntirildi.

Tanishtiruv darslari 3 kun davomida, ananaviy o’qish shakli 10 kun davomida o’tkazilib, ta’limning qolgan shakli karantin sababli masofaviy (onlayn) tarzda olib boriladi.

Mazkur tanishuv darslari orqali talabalarda masofaviy (online) ta’lim olish ko‘nikmasi shakllantiriladi. Shuningdek, kerakli hujjatlar jamlanmasini taqdim etish bo‘yicha tushunchalar beriladi.

Shuni ham ma’lum qilamiz, uzoq viloyatlardagi talabalar uchun o’z hududlarida markazlashgan holatda bazalar tashkil qilinib institut professor-o’qituvchilari tomonidan biriktirilgan hududlarda tanishtiruv  va masofaviy ta’limni yo’lga qo’yish uchun ma’lumotlar berilishi  yo’lga qo’yildi.

           

Institut matbuot xizmati