USTOZIMGA DILNOMA!

25.09.2020, 13:49 E'lonlar, Institut yangiliklari, Yangiliklar 636

Har bir qalbda ustozga rahmat bor, mehr bor!

Har birimizning hayot pillapoyalaridan ko‘tarilishimizda bir ustozning yuksak mehnati, ilmi, sabr-bardoshi yotibdi. Shu haqiqatni bilsakda bazida ustozlarimizga buni aytolmaymiz. Qalbimizdan ularning mehnatlarini yuksak qadrlasakda, o‘z samimiy so‘zlarimizni ularga izhor eta olmaymiz.  Bugun bizda shu imkoniyat bor!Bugun shu imkoniyatni sizga taqdim qilmoqchimiz.

1-oktabr  “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan Toshkent farmatsevtika instituti talabalari o‘rtasida  “USTOZIMGA DILNOMA” loyihasiga bugundan start berildi.

Barcha tabriklar  elektron kitob tariqasida jamlanib sizlarga taqdim etiladi. Shuningdek eng sara ishlar institut rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Darhol ustozingiz surati hamda  samimiy so‘zlaringizni, tilaklaringizni  bizga jo‘nating va tarix zarvaraqlariga muhrlang.

Bizga bog‘lanish uchun telegram manzillari: (90) 916-50-40 hamda (90) 928-40-20.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi,

Institut matbuot xizmati