40 yildan keyingi uchrashuv

23.05.2016, 12:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 481

Institutda yilning may oyi o‘zgacha bir shukuh bilan kechadi. Fasllar kelinchagi bahorning oxirgi oyi institut hayotida o‘zgacha bir gavjum, havas, xotira kabi tuyg‘ularni qamrab oladi. Chunki har yili institut bitiruvchilarining – 20 yillik, 25 yillik 30 yillik kabi uchrashuvlari aynan shu oyda bo‘lib o‘tadi. An’anaviy tarzda institut talabalari sobiq bitiruvchilarni o‘zgacha bir ruhda kutib olishadi. Bu yil ham ushbu an’analarga sodiq qolgan holda institutda 40 yil avvalgi bitiruvchilar uchrashuvi tashkil etildi.

Institutda o‘qib yurgan kezlarida 40 yildan keyin uchrashuv qilamiz, deganda hech kim ishonmagandi, deb eslashdi sobiq kursdoshlar. Jonajon institutni o‘sha davrlarda o‘qib, xalq xo‘jaligi ma’lum bir jabhasida faoliyat olib borgan sobiq kursdoshlar eski xotiralar tasavvurida 2016 yil 21 may kuni ertalab institutga kirib kelishdi. Institutning fayzli, zamonaviy chiroyi barchani hayratga soldi. Go‘zal Toshkent bog‘larining bir bo‘lagi institut hududida  qo‘nim topgandek edi. Kursdoshlar institut faollar zalida yig‘ilishdi. Tadbirni ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor R.T.Tulyaganov kirish so‘zi bilan ochib berib, 1971 yilda institutga qabul qilinib, 1976 yilda bitirgan bitiruvchilarni tabrikladi. So‘ngra “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi rahbari A.Komilov so‘zga chiqib, bitiruvchilarning hozirgi kunda mamlakat farmatsiya sohasining etakchi jabhalarida faoliyat olib borishayotganlari, ularning yutuqlari haqida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, nafaqada keksalik gashtini surib kelayotgan professor L.T.Ikromov, institutda faoliyat yuritib kelayotgan faxriy professor-o‘qituvchilardan professor A.Ya.Ibragimov, O.A.Shobilolov, katta o‘qituvchi N.Suyundikovlar bitiruvchilarning o‘qish paytlari haqida gapirib, ularning bugungi kunda erishgan yutuqlari bilan tabriklashdi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

2016-322     2016-325

2016-326     2016-323

2016-327     2016-324