Qo’shma ta’lim yo’nalishiga kirish imtihoni uchun tayyorgarlik ishlari

24.09.2020, 22:56 E'lonlar, Institut yangiliklari, Yangiliklar 638

Avval xabar berganimizdek 2020-yil 25-sentabr kuni  soat 8:00 dan 11:00 ga qadar Toshkent farmatsevtika institutida tashkil etilgan  qo’shma ta’lim yo’nalishi bo’yicha kirish imtihoni bo’lib o’tadi. 2020-2021 o’quv yilida  Toshkent farmatsevtika instituti va Sankt-Peterburg  davlat kimyo-farmatsevtika universiteti bilan tashkil etilgan qo’shma ta’lim yo’nalishiga hujjat topshirgan abiturientlar soni 276- nafarni tashkil etdi.Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyati nazorati ostida  kuni kecha test sinovi uchun tayyorgarlik ishlari olib borildi. Institut  hududidagi katta maydonga abiturientlar test savollarini qulay tarzda belgilashlari uchun  o’rindiqlar joylashtirildi va raqamlandi.
Imtihoning  shaffofligini yanada ta’minlash maqsadida maydonga kuzatuv kameralari o’rnatildi.


Institut matbuot xizmat